Bu safar Bali orolini Amira Rashidova bilan birga kashf qilamiz. Orolning eng go'zal plyajlarida dam olamiz, ajoyib sharsharalarida cho'milamiz, okean va tabiat energiyasini his qilamiz. Eng muhimi, Amira sizga o'zi yaxshi ko'radigan Bali'ni — samimiy, go'zal va qalbga yaqin Bali'ni ochib beradi; dam olishni retrit va praktikalar bilan birlashtirib, o'zimizga vaqt ajratamiz va energiya bilan to'lamiz.
Tatyana Venta bilan o'yin praktikasi
Iordaniyaga bormagan rezidentlar uchun amaliyotchi psixolog va igropraktik Tatyana Venta bilan maxsus o'yin praktikasi o'tkaziladi. O'yin orqali qarorlarimiz, takrorlanadigan hayotiy ssenariylar va o'zimizga qo'yayotgan ichki cheklovlarni boshqa nuqtadan ko'rish imkoniyati bo'ladi.
Iordaniyaga sayohat qilamiz. Amman va qadimiy Jerashni ko'ramiz, Nevo tog'i va Madabaga boramiz, Main issiq buloqlarida va O'lik dengizida dam olamiz, Petra bo'ylab sayr qilamiz, Vadi-Ram sahrosida jip-safari qilib, quyosh botishini kutib olamiz va beduinlar lagerida tunaymiz. Mamlakatni birga kashf qilish bilan birga, o'zimiz, ichki holatimiz, shukr va xotirjamlik uchun ham vaqt ajratamiz.
Amira Rashidova bilan kuzgi piknik
Tabiat qo'ynida, chiroyli kuzgi muhitida pledlar ustida o'tirib, mazali taomlar va issiq ichimliklar bilan yopiq piknik qilamiz. Amira Rashidova bilan shoshilmasdan suhbatlashamiz, kulamiz, kuzni his qilamiz va oddiy, lekin juda qadrli lahzalardan zavq olib birga vaqt o'tkazamiz.
Anna Yaxyayeva bilan MAK-razbor
Anna Yaxyayeva bilan MAK-kartalar orqali ichki holatimizni o'rganamiz. Energiyamiz qayerga sarflanayotgani, qanday ehtiyojlarimizni eshitmay qolayotganimiz va hozir biz uchun nima haqiqatan muhimligini kartalar yordamida ko'rishga harakat qilamiz.
Rufiya Azimbekova bilan psixogenetik razbor
Psixogenetik va amaliyotchi psixolog Rufiya Azimbekova bilan ikki kun davomida energiyamizga nafaqat bugungi hayotimiz, balki oiladan va avloddan kelayotgan ssenariylar qanday ta'sir qilishini o'rganamiz. Qaysi ichki dasturlar bizning energiyamizni olayotganini ko'rib, ular bilan chuqur psixologik ishlaymiz.
Umida Agzamova bilan psixologik razbor
Amaliyotchi psixolog, NLP bo'yicha ekspert va gipnoterapevt Umida Agzamova bilan ichki holatimizga qaraymiz. Ongimizdagi ustanovkalar, to'plangan hislar va energiyamizga ta'sir qilayotgan ichki jarayonlarni ko'rib, bugungi holatimizni yaxshiroq tushunish ustida ishlaymiz.
Amira Rashidova bilan teatr kechasi
A CLUB uchun maxsus teatr kechasini tashkil qilamiz: «Diydor», «Millat teatri» yoki boshqa qiziqarli teatrlardan birida maxsus spektakl tomosha qilamiz. Amira Rashidova bilan birga san'at orqali yangi hislarni boshdan kechirish, spektakldan keyin esa ko'rganlarimiz va o'zimizda uyg'ongan fikrlarni birga muhokama qilish uchun bu kechani alohida tajribaga aylantiramiz.
Parizoda Kurahmedova bilan psixologik mastermaynd
Bu mastermayndda Parizoda Kurahmedova bilan ikki oy davomida paydo bo'lgan yangi savollar va ichki o'zgarishlarni muhokama qilamiz. Bu vaqtga kelib har bir rezident o'zini yaxshiroq eshita boshlaydi, shuning uchun endi munosabatlar, hislar va ichki holat bilan yanada chuqurroq ishlash imkoniyati paydo bo'ladi.
Amira Rashidova bilan ot sporti
Bu safar Amira Rashidova bilan shahardan chiqib, ot sporti bilan shug'ullanamiz. Ot bilan muloqot qilish insondan ishonch, xotirjamlik va shu lahzada bo'lishni talab qiladi; shuning uchun bu kunni yangi tajriba, tabiat va harakat orqali o'z energiyamizni boshqacha his qilishga bag'ishlaymiz.
Muxtasar Nazarova bilan psixologik razbor
Amaliyotchi psixolog Muxtasar Nazarova bilan ayolning o'zi, oilasi va yaqinlari o'rtasidagi munosabatlarga qaraymiz. Oilaviy qadriyatlar, ayolning oilada o'zini yo'qotib qo'ymasligi, shaxsiy ehtiyojlari va yaqin munosabatlarda energiyani saqlash mavzulari ustida ishlaymiz.
Amira Rashidova bilan yakuniy strategik sessiya
9 oktabrda belgilagan boshlang'ich nuqtamizga qaytib, uch oyda bosib o'tgan yo'limizni Amira Rashidova bilan birga tahlil qilamiz. Qanday holatda kelganimiz, bugun o'zimizni qanday his qilayotganimiz, nimani anglaganimiz, nimani qo'yib yuborganimiz va hayotimizga nimani olib ketayotganimizni ko'rib, uch oylik natijalarimizni yig'amiz.
A CLUB yakuniy party — Toshkent
Qo'qonda boshlangan uch oylik yo'limizni Toshkentda katta yakuniy party bilan nishonlaymiz. Uchrashuvlar, psixologik praktikalar, Iordaniya va Bali retritlari, Laplandiya sayohati, yangi tanishuvlar va birga yaratgan xotiralarimizni eslab, A CLUB'ning uchinchi mavsumini chiroyli bayram bilan yakunlaymiz.
Laplandiya, Finlyandiya — «Yangi yil ertagi»
Yil oxirida A CLUB bilan Laplandiyaga haqiqiy yangi yil ertagini his qilish uchun sayohat qilamiz. Bu retrit emas — qorli Finlyandiya, qishki manzaralar va yangi yil muhitida bir necha kunni birga o'tkazib, katta bo'lganimizdan keyin ba'zan unutib qo'yadigan oddiy quvonch, hayrat va bayram hissini yana bir marta yashaymiz.
Tatyana Venta bilan orzular xaritasi
Tatyana Venta bilan kelgusi yil uchun orzular xaritasini tuzamiz. Bu safar xaritaga shunchaki chiroyli istaklarni emas, uch oy davomida o'zimizni yaxshiroq anglagandan keyin haqiqatan nimani xohlashimiz, qanday yashashimiz va kelgusi yilda hayotimizda nimalarga joy ochishni istashimizni joylaymiz.
Amira Rashidova bilan kinoterapiya
Amira Rashidova bilan maxsus tanlangan filmni kinoteatrda birga tomosha qilamiz, keyin restoranda yig'ilib, film bizda uyg'otgan hislar va fikrlarni muhokama qilamiz. Qahramonlar va voqealar orqali o'z hayotimizga ham boshqa nuqtadan qarashga harakat qilamiz.
Anjelika Mamedullayeva bilan ayollik energopraktikasi
Anjelika Mamedullayeva bilan kamer muhitda tana, nafas va yumshoq praktikalar orqali o'zimizga qaytamiz. Kundalik shoshilishda yo'qotib qo'yadigan yengillik, xotirjamlik va ayollik holatini his qilish, tanani eshitish va ichki energiyani ochish ustida ishlaymiz.
Art terapevt Sharifa Sharafxodjayeva bilan hislarimizni so'z bilan emas, ijod orqali ifodalaymiz. Rasm chizish va art-terapevtik praktika orqali ichki holatimizga qaraymiz, yig'ilib qolgan emotsiyalarni chiqaramiz va ijod jarayoni orqali o'zimizga yangi energiya berishga harakat qilamiz.
Uch oylik yo'lning yakuniga yaqinlashar ekanmiz, yangi ekspert bilan o'zimizda hali ham javobsiz qolayotgan savollar, ichki to'siqlar va qo'yib yuborish qiyin bo'lgan holatlar bilan ishlaymiz. Ekspert va razborning aniq mavzusi keyinroq belgilanadi.
Amira Rashidova bilan strategik sessiya
Birinchi oy ortda qolgach, Amira Rashidova bilan yana bir davrada yig'ilamiz. Oktabrda qo'ygan maqsadlarimizga qaytib, nimalar o'zgargani, qanday yangi savollar paydo bo'lgani va keyingi oyda energiyamizni qayerga yo'naltirishimiz kerakligini birga ko'rib chiqamiz.
Parizoda Kurahmedova bilan psixologik mastermaynd
Parizoda Kurahmedova bilan psixologik mastermayndda rezidentlarning real holatlari va savollari bilan ishlaymiz. Birinchi oyda o'zimiz haqimizda ko'rgan va anglagan narsalarimizni psixolog bilan muhokama qilib, har bir vaziyatga yangi nuqtadan qarashga harakat qilamiz.
Amira Rashidova bilan strategik sessiya
Birinchi strategik sessiyada A CLUB'ga qanday holatda kelganimiz, nima uchun bu yerda ekanimiz va uch oy davomida nimani o'zimiz uchun olishni xohlashimizni aniqlaymiz. Har bir rezident o'zining boshlang'ich nuqtasini belgilab, uch oy oxirida qanday holatga kelishni istashini tushunib oladi.
A CLUB ochilish
party — Qo'qon
A CLUB'ning uchinchi mavsumini Qo'qonda boshlaymiz. Tarix, milliylik va o'ziga xos ayollik energiyasi birlashgan muhitda Amira Rashidova yangi rezidentlarni mehmon qiladi. Chiroyli dasturxon atrofida tanishamiz, samimiy suhbatlashamiz va oldimizdagi uch oylik yo'lni birga boshlaymiz. Diqqat, tadbirda dress kod bor: eng chiroyli milliy choponimizni kiyib boramiz.
A CLUB III'ning maqsadi bizga boshqa hayot berish emas. Bu uch oyning maqsadi — o'zimizda bor hayotni yana his qilish, o'zimizga yaqinlashish va uni boshqacha holatda yashashni boshlash.